AsosiyJamiyat

Pavel Umurzoqov bodibilding bo`yicha jahon chempioni bo`lgan ilk o`zbekistonlik bo`ldi

29 noyabr-5 dekabr kunlari Tailandning Pattayya orolida bodibilding va fitnes bo`yicha VIII jahon chempionati(8th WBPF World Championships 2016) bo`lib o`tmoqda, deya xabar qildi O`zbekiston Bodibilding va fitnes federasiyasi.

2 dekabr kuni O`zbekiston terma jamoasi vakili Pavel Umurzoqov 40−49 yoshdagi 23 nafar sportchi orasida “bodibilding ustasi” toifasida eng yaxshi deb topildi. Bu O`zbekiston tarixida bodibilding bo`yicha jahon chempionatining birinchi “oltin” hisoblanadi.

Pavel Umurzoqov -bodibilding va fitnes bo`yicha 2014 va 2016 yillardagi amaldagi mutlaq chempion, ikki karra Osiyo chempioni, 2016 yilgi jahon chempioni.

Boshqa yangiliklar