AsosiyJamiyat

Toshkentda "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli madaniy meros haftaligi boshlandi

18-28 oktyabr kunlari haftalik doirasida Toshkent aholisi va poytaxt mehmonlari tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan ko‘rgazmalar tashkil etiladi

'Toshkentda "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli madaniy meros haftaligi boshlandi'ning rasmi

Joriy yilning 18-27 oktyabr kunlari O‘zbekiston poytaxti xalqaro madaniy muloqot markaziga aylanadi. Bugun Toshkentda "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli madaniy meros haftaligi boshlandi. Ushbu tadbir doirasida konferensiyalar, seminarlar, forumlar, ko‘rgazmalar va taqdimotlar tashkil etiladi. Tadbirda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari ishtirok etishi kutilmoqda. CNN va Euronews telekanallari axborot yo‘nalishida ko‘maklashadi.

 Madaniy meros haftaligini o‘tkazishning asosiy maqsadi xalqaro muloqot va o‘zaro bilim almashishni mustahkamlash, chet ellik hamkorlar bilan yangi qo‘shma loyihalarni tasdiqlash bo‘lib, bular mamlakat madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish uchun yo‘naltirilgan. Bu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq ravishda o‘tkazilmoqda.

18-28 oktyabr kunlari haftalik doirasida Toshkent aholisi va poytaxt mehmonlari tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan ko‘rgazmalar tashkil etiladi. O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosiga bag‘ishlangan noyob ekspozitsiyalar Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining Toshkent filialida namoyish etiladi.
Ilmiy doira vakillari va rasmiylar ishtirokida mavzuga oid forumlar o‘tkaziladi. Madaniy meros haftaligining har bir kuni islomgacha bo‘lgan davrdan boshlab Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans davrigacha bo‘lgan davrlarga bag‘ishlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi" mega loyihasi taqdimoti haftalikning muhim qismi bo‘ladi. Madaniy meros haftaligi ishtirokchilari qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosiga tashrif buyurish va u yerda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda noyob ilmiy loyihalar taqdimoti o‘tkazish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar. Shuningdek, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) a’zolari ishtirokida tashkil etiladigan Markazning muzey zallarida mavzuli ko‘rgazma va ekspozitsiyalar ochiladi.
Umuman olganda, Madaniy meros haftaligi Samarqandda o‘tkazilgan VIII Kongress doirasida boshlangan va tasdiqlangan bir qator yirik loyihalarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Endilikda, ushbu loyihalarni ishlab chiqish jarayoni boshlanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:37

    'Kongressda 60 ga yaqin shartnomalar imzolanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:29

    Kongressda 60 ga yaqin shartnomalar imzolanadi

    Toshkentda Madaniy meros haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:22

    'O‘zLiDeP raisining Xorazmda saylovoldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:04

    O‘zLiDeP raisining Xorazmda saylovoldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlar hamda ularning aholi hayotidagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

    'O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaga ishga chaqirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:47

    O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaga ishga chaqirilmoqda

    Temirchi, qolipchi va g‘isht teruvchilar murojaat qilishlari so‘ralmoqda.

    'Toshkentda YPX xodimi tomonidan qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:21

    Toshkentda YPX xodimi tomonidan qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi

    Yengil mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxsning o‘zini tutishi shubhali ko‘ringan.