O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, bugungi kunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Usmon Sharifxodjayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Usmon Sharifxodjayevni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.







