AsosiyJamiyat

Sara Korsino: “O`zbekiston mening ikkinchi uyim”

Yurtimizda kutilayotgan muhim siyosiy jarayon — O`zbekiston Respublikasi Prezidenligiga saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonlarini kuzatish uchun tashrif buyurgan xorijiy ekspertlar Press-club: Elections.uz-2016 matbuot klubining mavzuli uchrashuvlari doirasida o`z fikrlarini bildirishmoqda.

Sara KORSINO, Lissabon okrugidagi Kashgaysh shahri bosh yuridik maslahatchisi, kuzatuvchi (Portugaliya):

—  O`zbekistonda o`zimni xuddi o`z uyimda yurgandek his qilaman. Portugaliya mening birinchi uyim bo`lsa, O`zbekistonga uchinchi marta tashrim buyurganimga qaramasdan, bu erni ikkinchi uyim deb hisoblayman. Menga bu saylovda ishtirok etish uchun imkoniyat berganlaringdan mamnunman. O`zbekistondagi saylov jarayonlari Portugaliyadagidan mutlaqo farqlanadi. O`tgan yilgi Portugaliyada bo`lib o`tgan saylov jarayonida biz har xil vaziyatlarni ko`rdik. O`zbekistonda bo`layotgan saylov jarayonlari juda ochiq tarzda va shaffof o`tayapti. Barcha nomzodlarga omad tilayman va shu saylov komissiyasini tashkil etgan tashkilotlarga katta zafarlar va yutuqlar tilayman.

    Boshqa yangiliklar