Qiziqchi, so`z ustasi Shukurullo Isroilov ilk bor bobo bo`ldi.
Bugun, 3 dekabr kuni Shukurullo Isroilovning to`ng`ich o`g`li Humoyun o`g`il farzandli bo`ldi. Bu haqda xonanda va qiziqchilar o`zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi.
Shukurullo Isroilovning ikki o`g`li va bir qizi bor. U to`ng`ich o`g`li Humoyunni o`tgan yili uylantirgan edi.
Fursatdan foydalanib, “Darakchi.uz” jamoasi nomidan Shukurillo Isroilovni bobo bo`lgani bilan tabriklaymiz.