AsosiyJamiyat

Xitoylik kuzatuvchilar missiyasi rahbari: “OAVning ishtirokisiz saylovlar omadli bo`lishi mumkin emas”

Xitoylik kuzatuvchilar missiyasi rahbari, Xitoyning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gao YuyShen Prezident saylovini yoritishda OAVning o`rni haqida gapirdi.

Gao YuyShen, Xitoylik kuzatuvchilar missiyasi rahbari, Xitoyning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi:

—Yangi press-markaz men uchun juda yirik va ahamiyatli. Bu markazda hamma juda band. Markaziy Saylov komissiyasi jurnalistlar uchun juda qulay mehnat sharoitlari yaratmoqda, deb o`ylayman. Avval, men ham O`zbekistondagi monitoringlarda ishtirok etganman, biroq unda hali bunday press-markaz bo`lmagan. Fikrimcha, ommaviy axborot vositalari Prezident saylovlarida muhim rol o`ynaydi. OAVning ishtirokisiz omadli Prezident saylovlari haqida gap bo`lishi mumkin emas. OAV orqali Prezidentlikka nomzodlarning barchasi uchun teng shart-sharoitlar yaratilgan. OAV ham saylovlar silliq, haqqoniy va oshkoralik ruhida o`tishida muhim ahamiyatga ega. O`zbekistondagi saylovlarni boshqa davlatlardagi saylovlar bilan taqqoslagudek  bo`lsak, men o`z vaqtida boshqa ko`plab davlatlarda ham saylov monitoringlarida ishtirok etganman.  Biroq, bu safar O`zbekistondagi saylovlar o`zgacha tayyorgarlik va OAVning faol ishtiroki bilan o`tmoqda. O`ylashimcha, O`zbekiston Respublikasi bu borada saylovni tashkil qilish va o`tkazish jihatidan katta tajribaga ega bo`ldi va u tegishli huquqiy tajribaga ega. O`zbekistonda keng jamoatchilikning huquqiy saviyasi yuqori va fuqarolik instituti rivojlangan.

Boshqa yangiliklar