Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda erkak ko‘p qavatli turar joy binosining deraza qismiga yalang‘och holatda chiqib olgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu erkak o‘ziga tegishli bo‘lgan uyidan pastki qavat derazasiga tushgan, uyida hech kim bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, fuqaroning ruhiyatida buzilish bo‘lganligi sababli psixonevrologik kasalxonaga yotqizilgan. Birovning uyiga kelmagan.