O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15-20°.
Poytaxtda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° bo‘ladi.