AsosiyJamiyat

Toshkentdan Xanchjouga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yildi

Parvozlar 17 noyabrdan boshlab yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

'Toshkentdan Xanchjouga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yildi'ning rasmi

Uzbekistan Airways Xitoyning eng qadimiy shaharlaridan biri Xanchjouga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.

Parvozlar 17 noyabrdan boshlab, yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:  

 Toshkentdan jo‘nab ketish soat 12:40; Xanchjouga yetib borish soat 22:00;  

Xanchjoudan jo‘nab ketish soat 23:30; Toshkentga yetib borish keyingi kun soat 04:10. 

 Bir tomonlama aviachipta narxi 4 046 000 so‘mdan, Toshkent – Xanchjou – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 7 003 000 so‘mdan boshlanadi. Aviachiptalarni www.uzairways.com saytidan, mobil ilovadan, Uzbekistan Airways Sales filialidan va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar