O`zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod bo`lmish Shavkat Mirziyoev ovoz berish uchun 4 dekabr kuni Toshkent shahri Mirzo-Ulug`bek tumanidagi 132-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi, deb yozadi “kun.uz”.
"Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri Mirzo-Ulug`bek tumanidagi 132-saylov uchastkasiga keldi", deyilgan partiya matbuot xizmati ma`lumotida.
Shavkat Mirziyoev saylov uchastkasiga oila a`zolari bilan birga tashrif buyurgan. Qayd etilishicha, Mirziyoev bilan uning oila a`zolaridan 8 kishi saylov uchastkasiga kelgan.
Ushbu saylov uchastkasida jami 2352 nafar saylovchi ro`yxatga olingan. Ayni paytda bu erda saylovchilar faol tarzda ovoz bermoqda.

Markaziy Saylov komissiyasining oxirgi ma`lumotlariga ko`ra, saylovda davomat Toshkent vaqti bilan soat 09:00 holatiga ko`ra 17 foizni tashkil qilmoqda edi.





