Transport vazirligi delegatsiyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida ICAOning ICAN-2024 tadbirida ishtirok etmoqda. Bu haqida vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir doirasida Transport vazirligining ilk uchrashuvi Gonkong aviatsiya hukumati bilan bo‘lib o‘tgan.
Gonkong aviatsiya hukumati bilan erishilgan mazkur kelishuv O‘zbekistonda tashkil etilgan yangi aviakompaniyalar uchun yangi parvoz maskani bo‘lishi hamda sayyohlarni O‘zbekistonga olib kelishi uchun keng imkoniyatlar berishi bilan bir qatorda Gonkongdan Yevropa, Turkiya, Arab hamda boshqa mamlakatlarga yuklarni O‘zbekiston orqali tranzit olib o‘tishi uchun zamin yaratadi.
Gonkongdan Yevropa, Turkiya, Arab kabi mamlakatlarga yuklar O‘zbekiston orqali tranzit qilinadi
Bu bo‘yicha Gonkong aviatsiya hukumati bilan kelishuvga erishildi.
