1

Lola Ahmedova: “Biz tanlagan nomzod ishonchimizni oqlaydi!”

Shou-biznes 04.12.2016, 11:58
Teglar: Xonanda, Shou-biznes, Saylov, PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016
Lola Ahmedova: “Biz tanlagan nomzod ishonchimizni oqlaydi!”

Bugun, 4 dekabr O`zbekiston Respublikasida muhim siyosiy jarayon Prezident saylovi bo`lib o`tmoqda. O`zbekistonnning ko`p sonli aholisi qatorida taniqli san`atkorlar, davlat va jamoat arboblari ham saylovda faol ishtirok etmoqda.

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Lola Ahmedovaning bugungi muhim siysiy jarayon haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Lola AHMEDOVA, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist:

—  Bugun yurtimizda bayram, desak ham bo`ladi. Hammamiz uchun kelajagimizga munosib nomzodni tanlash o`ta muhim. Men ham Chilonzor tumanidagi saylov uchastkasidan mamlakatimiz, farzandlarimiz kelajagi uchun munosib bo`lgan nomzodga ovoz berdim. Albatta, saylovni o`tkazishga tayyorgarlik, targ`ibot tashviqotlar o`zimiz uchun munosib nomzodni tanlashimitzga asos bo`ldi. Albatta bugun kungacha hammamizning oldimizda bir savol turgandi: Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimov bizga meros qilib qoldirgan shunday go`zal, ozod, obod Vatanni kelajak avlodga bekamu-ko`st, yanada yuksak taraqqiyot bilan etkazib bera oladigan, bir so`z bilan aytganda kelajagimiz uchun har bir jabhada mas`ul bo`ladigan davomchi kim bo`lishi mumkin? Bugun ana shu savolga har birimiz javob berdik. O`ylaymizki, biz tanlagan nomzod ana shunday mas`uliyatni etarli darajada bajara oladi. Biz bunga ishonamiz!

Sharhlar

Turkiyada muxolifat Erdo`g`onning partiyasini mag`lub etdi

01.04.2024, 09:13

Avval xabar qilganimizdek, yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo`lib o`tdi. Bayonnomalarning 93 foiz sanab chiqilganda, Respublika xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot...
Shavkat Mirziyoev Putinni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi

18.03.2024, 10:51

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinni bo`lib o`tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar...
Angolada prezidentlik saylovida Joau Lourenso 51.08 foiz, muxolifatchi Adalberto Kosta Junior 44.05 foiz ovoz to`pladi

26.08.2022, 10:19

24 avgust kuni Angolada prezidentlik hamda parlament saylovlari bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Angolada parlament saylovi 2 xil tarzda...
Xalqaro “Media-xoll”: shaffoflik, xolislik va tezkorlik

15.10.2021, 19:31

O`zbekiston Elektron Ommaviy axborot vositalari milliy asossiasiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov tashkil etilgan “Media xoll” haqida quyidagilarni so`zlab berdi:—   14 oktyabr kuni O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1