AsosiyJamiyat

34 ming aholining muammolariga tezkorlik bilan yechim topildi

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan aholi muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

'34 ming aholining muammolariga tezkorlik bilan yechim topildi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan aholi muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligida respublikamizning eng chekka hududlarida Oliy sud, huquq-tartibot organlari, setor rahbarlari, “mahalla yettiligi” hamda tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 

Jumladan, joriy yilning sentyabr - oktyabr oylarida tashkil etilgan ochiq muloqotlar davomida jami 64 mingga yaqin aholi qabul qilinib, 34 mingdan ziyodining muammolariga tezkorlik bilan yechim topildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 29 mingta ariza-shikoyatlar bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi sud-huquq, ichki ishlar idoralari faoliyati, tadbirkorlik va kredit ajratish, gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti, moddiy yordam va bolalar nafaqasi, sog‘liqni  saqlash sohasi, maktab va maktabgacha ta’lim masalalari, bandlikni ta’minlash kabi qator yo‘nalishlar bilan bog‘liq bo‘ldi.

Oliy sud raisi o‘rinbosarlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida sud sohasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 1 mingdan ziyod fuqarolar qabul qilindi.

Misol uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda taqdimnoma va iltimosnomalar asosida jazo o‘tayotgan 61 nafar shaxs jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aliment undirish yuzasidan 14 ta sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratildi. Shuningdek, yuridik faktni tasdiqlash haqidagi 2 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilindi. Ajrashish yoqasiga kelib qolgan bir nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan oilalar yarashtirildi.

Bosh prokuror o‘rinbosarlari tomonidan birgina Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 200 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi. O‘tgan davr mobaynida kelib tushgan arizalar asosida Majburiy ijro byurosi fuqarolarning huquqlari tiklanishi maqsadida undiruvchilarga 5 milliard 190 million so‘m, fuqarolarga qarz va zarar undirish yuzasidan esa 6 milliard 264 million so‘m pul mablag‘lari undirib berilgan. Bundan tashqari, kompensatsiya undirish bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha 4,2 milliard so‘m pul mablag‘lari qoplangan.

Ichki ishlar o‘rinbosarlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 72 nafar fuqarolarning shikoyat va arizalari ko‘rib chiqildi. Misol uchun, 1998 yil Turkmanistonda tug‘ilgan Asilbek Bozorov avvalgi sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish masalasida murojaat qilgan edi. Bu safar uning masalasi qanoatlantirildi.

Adliya vaziri o‘rinbosarlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi,  Xorazm, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida sayyor qabullar o‘tkazilib, 278 nafar fuqaro qabul qilindi. Qabullarda, xususan, yer-joyni ijaraga olish, soliq ma’murchiligi, kadastr hujjatlaridagi xatoliklar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ichki bozorga taklif qilinayotgan mahsulotlarga qo‘shimcha qiymat solig‘ini qayta ko‘rib chiqish singari muammolar e’tibor markazida bo‘ldi.

“Hududgazta’minot” AJ rahbariyati ishtirokidagi sayyor qabullarda esa 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Ochiq muloqotlar davomida yer osti gaz quvurlariga e’tibor berish, yangi xonadonlarga zamonaviy hisoblagich o‘rnatish tartibi, qarzdorlik masalasi, tabiiy gaz bosimini yanada yaxshilash borasidagi ko‘plab shikoyatlar o‘rganildi. Har bir o‘rganilgan murojaat yuzasidan ularning amaliy yechimlariga e’tibor qaratildi. Ijobiy jihatdan hal etilishiga erishilgan bo‘lsa, ba’zilari yuzasidan esa belgilangan tartib asosida tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Prezident Xalq qabulxonalari Mahallalar uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorligida aholi bilan xonadonbay asosida muloqot qilish, “mahalla yettiligi” va jamoatchilik vakillarini biriktirgan holda ularning muammolarini hal etish, ijtimoiy ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, yordamga muhtoj oilalarning iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha manzilli ishlar olib borildi.

Jumladan, birgina Buxoro viloyatida o‘rganishlar davomida 191 nafar fuqaroga ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun 53 million so‘m moddiy yordam, 87 nafar fuqaroga 1,4 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratildi. 38 nafar fuqaro ishga joylashtirildi hamda 29 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida yer maydonlari ajratilgan bo‘lsa, 24 nafar fuqaroga davolanishi uchun yo‘llanma berildi. 19 nafar fuqaroga tikuv mashinalari berildi va 3 nafar fuqaroga davolanishi uchun 15,2 million so‘mlik moddiy yordam ajratildi.

Sayyor qabullar joylarda davom etmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Xalqaro madaniy meros" haftaligi doirasida  xalqaro forumlar davom etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:32

    "Xalqaro madaniy meros" haftaligi doirasida xalqaro forumlar davom etmoqda

    Haftalik doirasida “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida  xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

    'Turkiyalik xattotning Erdo‘g‘on uchun ko‘chirgan mus'haf nusxasi Toshkentda namoyish qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:44

    Turkiyalik xattotning Erdo‘g‘on uchun ko‘chirgan mus'haf nusxasi Toshkentda namoyish qilindi

    O‘zbekistonda madaniy meros haftaligi doirasida  19 oktyabr kuni Istanbullik mashhur  xattot va islomshunos Husayn Kutlu ham yurtimizga keldi.

    'Qidiruvdagi o‘zbekistonlik sobiq mansabdor o‘n yildan so‘ng Turkiyada qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:27

    Qidiruvdagi o‘zbekistonlik sobiq mansabdor o‘n yildan so‘ng Turkiyada qo‘lga olindi

    U 2011-2013 yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan.

    'Sanoat korxonalari zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishni paysalga solmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:17

    Sanoat korxonalari zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishni paysalga solmoqda

    Poytaxt havosining ifloslanishi ortidan prokuratura organlari respublika bo‘yicha rejaviy tekshirish tadbirlarini yo‘lga qo‘ydi.

    'Faol hokim yordamchilaridan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:04

    Faol hokim yordamchilaridan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi

    Guruhga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuqori natijaga erishib kelayotgan, ijobiy tajribaga ega 50 nafar hokim yordamchisi kiritiladi.

    '15 sutkalik qamoq jazosini eshitgan ota farzandlari uchun alimentni to‘lashga majbur bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:49

    15 sutkalik qamoq jazosini eshitgan ota farzandlari uchun alimentni to‘lashga majbur bo‘ldi

    Qarzdor ota ogohlantirishlarga qaramay bolalarining moddiy ta’minotidan qariyib 67 oy bo‘yin tovlab kelgan.