“PressClub: Elections-2016.uz” press-klubida xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy va mahalliy OAV xodimlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Doktor Roxan Gunaratna, kuzatuvchi (Singapur):
— Men bundan 17 yil avval, ya`ni 1999 yilda ham yurtingizga tashrif buyurgandim. Garchi ayrim xorijiy mamlakatlarda yurtingizga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirilsa-da, O`zbekistonda bugun juda katta o`zgarishlar bo`lganining guvohi bo`lib turibman. Yurtingizda saylov jarayoni juda tizimli tashkil etilgan. Bu jarayonlarda albatta mamlakatingiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov yaratgan tizimning o`z o`rni bor. Nafaqat poytaxtda, balki respublikaning Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi kuzatuvlarimdan ham bunga amin bo`ldim. Saylov juda ochiq, adolatli o`tmoqda. O`zbekiston xalqi o`z kelajigi uchun munosib nomzodni tanlashiga ishonaman.





