AsosiyShou-biznes

Kaniza: “Bugun har bir o`zbekistonlik uchun hayajonli kun”

Xonanda Kaniza “PressClub:Elections.uz-2016” press-klubida mehmon bo`ldi va saylov haqidagi fikrlarini bayon qildi. 

Kaniza, xonanda: 

—Bugun O`zbekistonning taqdiri hal bo`lyapti. Har bir o`zbekistonlik fuqaro saylovda faol ishtiirok etishi va o`z nomzodiga ovoz berishi shart. Chunki O`zbekistonimizning yanada gullab-yashnashi albatta biz fuqarolarning o`zimizga bog`liq. Bu yilgi saylovga tayyorgarlik jarayoni o`ta ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi. Har bir fuqaro o`z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Saylov uchastkasiga kela olmagan fuqarolar uchun saylov varaqalari uylarga olib borilayotgani, ko`zi ojizlar uchun brayl shriftidagi byulletenlar joriy qilinganini aytib o`tishim mumkin. Bugun biroz shamollaganimga qaramay, saylovda qatnashish uchun saylov uchastkasiga bordim va o`z nomzodimga ovoz berdim. 

Ijtimoiy tarmoqlarda hamkasblarim joylashtirgan suratlarga qarab, men ham yayangi tashkil etilgan press-klubga keldim. Bu erda jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlar ham tahsinga sazovor. 

Hali saylovda qatnashishga ulgurmagan bo`lsangiz, erinmang, albatta saylovga boring va o`z nomzodingizga ovoz bering!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar