Hasanboy DO`STMATOV, XXXI yozgi Olimpiya o`yinlari oltin medal sohibi:
— Men Ukrainada bo`lib o`tgan xalqaro tanlovda ishtirok etish uchun ketganim sabab bu saylovda muddatidan oldin Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi saylov uchastkasida o`z nomzodimga ovoz berdim. Birinchi o`rinda xalqimiz dardi bilan yashashiga, kelgusida ham Vatanimizning yuksak natijalarga erishishi uchun fidoyi bo`la olishiga ishongan nomzodimga ovoz berdim.