O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`yicha barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yakunlandi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`yicha ovoz berish jarayonini onlayn rejimida uzatib turdi.
O`zbekistonda ro`yxatga olingan jami 20 million 428 ming 891 nafar saylovchidan ovoz berishda 17 million 941 ming 955 nafar fuqaro ishtirok etdi. Bu ro`yxatga kiritilgan saylovchilarning 87,83 foizi demakdir. Toshkent shahrida ro`yxatga olingan 1,6 million saylovchidan 1,4 millioni ishtirok etdi, bu saylovchilarning 87,9 foizi demakdir.
Ertaga, 5 dekabr kuni soat 16-00 da o`tkaziladigan brifingda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e`lon qilinadi.