AsosiyJamiyat

Endi O‘zbekistondagi maktablarda 45 ta sport turi o‘rgatiladi

Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

'Endi O‘zbekistondagi maktablarda 45 ta sport turi o‘rgatiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. Mutasaddilar shu boradagi ishlarni tashkil etish rejalari yuzasidan axborot berdi.

Unga ko‘ra, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish maqsadida maktablarda 22 ta olimpiya, 19 ta noolimpiya, 4 ta milliy sport turlari o‘rgatiladi. Bu uchun jismoniy tarbiya fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilib, o‘quv dasturlari takomillashtiriladi.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich hamma joyda maktab sport klublari tashkil etiladi. Bu yo‘nalishda ham o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi, maktablarning sport bo‘yicha reyting tizimi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, endi chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi va bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi.

Mazkur fan bo‘yicha yangi o‘quv dasturi va darsliklar yaratiladi. Har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Oltiariqtumangaz” xodimlari 98 mln so‘mlik gaz ballonlarini boshqalarga berib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2024 09:41

    “Oltiariqtumangaz” xodimlari 98 mln so‘mlik gaz ballonlarini boshqalarga berib yubordi

    153 ta xonadonga go‘yoki 2 998 ta gaz ballonlarida 1 kg. uchun belgilangan 1 600 so‘mdan jami 58 520 kg. suyultirilgan gaz yetkazib berilganligi haqida elektron dasturga soxta ma’lumotlar kiritilgan.

    'Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoya qilinishi kuchaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2024 09:17

    Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoya qilinishi kuchaytiriladi

    Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat yanada pasayadi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2024 08:08

    'Muzaffar Kamilov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga rektor bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 05.12.2024 21:53

    Muzaffar Kamilov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga rektor bo‘ldi

    Bungacha u prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi edi.

    'Elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi'ning rasmi

    Jamiyat 05.12.2024 19:27

    Elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi

    Soliq qo‘mitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda.

    'Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Jamiyat 05.12.2024 18:54

    Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

    Suhbatda Energetika va suvdan foydalanish sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi.