AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2017 yil 1 yanvardan alkogol mahsulotlari narxi o`zgaradi

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasi qarori (ro`yxat raqami  2845, 2016 yil 1 dekabr) bilan 2017 yil 1 yanvardan alkogolli mahsulotlarga (pivodan tashqari) yangi minimal ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilandi, deb yozadi “Norma.uz”.

Unga ko`ra: 

•  1 litr vinoning eng kam ulgurji-sotuv narxi 5 400 so`m, eng kam chakana narxi esa 6 500 so`mni;
•  konyakning eng kam ulgurji-sotuv narxi 17 200 so`m, eng kam chakana narxi 20 600 so`mni;
•  aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining narxi eng kam ulgurji-sotuv narxi 12 900 so`m, eng kam chakana narxi 15 500 so`mni tashkil qiladi.

Mazkur hujjatning to`liq matni bilan, u bilan bog`langan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan  yaqin kunlarda “O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi” axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar