Har qanday odamning ba`zan sershovqin shahar hayotidan tinch, osuda joylarga qochib ketgisi keladi, deb xabar beradi “Vez-ostanovki.ru” nashri.
Anjelo Mastropietro ismli yigit esa bu orzuni reallikka aylantirdi. U yoshi 250 million yilga teng bo`lgan qadimiy g`orni zamonaviy, barcha maishiy texnikalar bilan jihozlangan uyga aylantirdi.
Bu g`or haqida Anjelo ilk marotaba 1999 yilda xabar topgandi, 2007 yilda vrachlar unga “Skleroz” tashxisini qo`ygandan keyin Anjelo hayotini tubdan o`zgartirishga va g`orni uyga aylantirishga qaror qildi.
Qurilish uchun 1000 soat vaqt, 80 tonna tosh va g`orni tanib bo`lmaydigan darajadagi, zamonaviy uyga aylantirish uchun 160 ming funt mablag` ketdi. Qayta ishlov berilganiga, oq rangga bo`yalganiga qaramay, g`or baribir o`zining g`orligini eslatib turibdi.
Andjelo Mastropietro sershovqin shahar hayotidan, sivilizasiyadan uzoq joyda uy qurishni orzu qilganiga qaramay, g`orda zamonaviy inson uchun kerak bo`lgan hamma sharoit, hatto Internet ham mavjud.
“Meni familiyam tarjima qilinganda “Toshlar hukmdori” degan ma`noni bildiradi, menimcha bu narsa mening qonimda bor”, deydi Anjelo.