AsosiyShou-biznes
11063

Shavkat Mirziyoev g`alabasiga bag`ishlangan tadbirda O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ishtirok etdi(Video)

Kecha, 5-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoev g`alabasiga tashkillashtirilgan bayram tadbirida O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham ishtirok etdi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.

Yulduz Usmonova boshqa hamkasblari bilan birga sahnada O`zbekiston Respublikasi madhiyasini kuyladi. 

“Uch xalq artisti Ozodbek, Yulduz va Gulsanam o`rtada birgalikda turishi o`ziga xos, bir boshqacha ko`rinar ekan. Shuningdek Yulduz Turdieva, Jahongir Poziljonov, Shaxzoda va boshqalar xam madhiyani birga kuylashdi”,—deyiladi xabarda. Mazkur sahna chiqishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilindi.

Nashrning ma`lum qilishicha, Yulduz Usmonova ertaga, 7 dekabr kuni bo`lib o`tadigan Konstitusiya kuniga bag`ishlangan bayramda ham chiqish qiladi.

Boshqa yangiliklar