1

Samarqandda dahshatli avariya: Nexia ikki piyodani va yana bir Nexia’ni urib ketdi (Video)

Jamiyat 06.12.2016, 12:28
Teglar: Avto, Video, YTH
Samarqandda dahshatli avariya: Nexia ikki piyodani va yana bir Nexia’ni urib ketdi (Video)

Samarqand shahrida Nexia avtomobili yo`l chetidan yurib borayotgan ikki piyodani hamda shu erda to`xtab turgan yana bir Nexia’ni zarb bilan urib ketdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Postga ilova qilingan videoda kuzatuv kamerasi qaydi aks etgan bo`lib, unda avtomobil yo`li chetida Nexia to`xtab turganini ko`rish mumkin. Unga orqa tomondan ikki piyoda yaqinlashib kelayotgan vaqtda esa boshqa bir Nexia katta tezlikda ularni orqadan kelib urib yuborgan. Piyodalarning ikkisi ham turli tomonga otilib ketganini, zarbaga uchragan Nexia bir necha metrgacha surilib ketganini ko`rish mumkin.

Izohlardan ma`lum bo`lishicha, mudhish hodisa Samarqanddagi trikotaj zavodi yaqinida yuz bergan. O`zini piyodalardan birining qo`shnisi deb tanishtirgan foydalanuvchi uning 21 yoshda ekanligini va kuni kecha dafn etilganini ta`kidlagan. Guruhning yana bir a`zosi esa ikkinchi piyoda o`lim to`shagida yotganini ma`lum qilgan.

Foydalanuvchilarning ko`pchiligi ushbu holatda aybni to`liq haydovchiga yuklagan hamda uning shahar ko`chasida bunday katta tezlikda va ehtiyotsizlik bilan mashina haydashini kechirib bo`lmaydigan holat deb atagan. Shuningdek, piyodalar yo`lagi bo`la turib, avtomobil yo`lidan yurgan ikki piyodani vaziyatga sababchi qilganlar ham topildi.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1