“O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishonini ta`sis etish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.
Nishon O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligini nishonlash hamda davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo`shgan harbiy xizmatchilarni, Qurolli Kuchlar faxriylarini va xizmatchilarini qo`llab-kuvvatlash maqsadida ta`sis etiladi.
Farmonga ko`ra, “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishonlari va ularning guvohnomalari bir oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlanadi.






