AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Harorat 20 darajagacha ko‘tariladi.

'Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent viloyatida  ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° iliq bo‘ladi. 

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar