AsosiyDunyo

Ukraina Rossiyaga ilk bor ATACMS raketalari bilan hujum qildi

Bryansk viloyatiga qilingan hujum G‘arb ziddiyat kuchayishini xohlayotganidan dalolat beradi, dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

'Ukraina Rossiyaga ilk bor ATACMS raketalari bilan hujum qildi'ning rasmi

Ukraina Qurolli Kuchlari Bryansk viloyatidagi obyektga ATACMS raketalari bilan hujum qildi, deya xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi 

Vazirlikka ko‘ra, Ukraina tomonidan qo‘llangan ATACMS raketalaridan beshtasi urib tushirilgan va bittasi shikastlangan. 

Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli “Zvezda” telekanalining xabar berishicha, raketalarning bo‘laklari “harbiy obyektning texnik hududi”ga tushgan va yong‘in yuzaga kelgan. Xabarda bu qanday harbiy inshoot ekanligini ma’lum qilinmagan.

Bryansk viloyatiga ATACMS raketalari bilan qilingan hujum G‘arb ziddiyat kuchayishini xohlayotganidan dalolat beradi, dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G20 sammiti o‘tayotgan Rio-de-Janeyrodagi matbuot anjumanida. 

Rossiya TIV rahbari, shuningdek, G‘arb davlatlariga Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini o‘qib chiqishni maslahat berdi.  

Rossiya Bryansk viloyatiga qilingan hujumga yadroviy javob choralarini ko‘ryaptimi degan savolga javob berar ekan, Lavrov Rossiya rasmiylari "yadro quroli birinchi navbatda har qanday yadro urushining oldini olishga qaratilganligiga ishonch hosil qilishini" aytdi.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30