AsosiyDunyo

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 1 million dona snaryad yetkazib berdi

Bu haqida YEI Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili ma’lum qildi.

'Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 1 million dona snaryad yetkazib berdi'ning rasmi

Jozep Borrel bu marraga "kutilganidan bir necha oy kechroq" erishilganini tan oldi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

Dastlab Bryussel 2024 yil mart oyi oxirigacha Ukrainaga bir million artilleriya snaryadlarini yetkazib berishni rejalashtirgan edi. Biroq, bu vaqtga kelib, kerakli miqdorning yarmidan bir oz ko‘prog‘i yetkazib berilgan.

 

"Biz Kiyevni snaryadlar bilan ta’minlashni davom ettiramiz, chunki Rossiya Shimoliy Koreya va Erondan katta miqdorda o‘q-dorilar va raketalarni olishda davom etmoqda", — dedi Borrel.

    Boshqa yangiliklar