Bunday xulosaga rossiyalik ruhshunoslar kelishdi.
“Qizaloq va maymoq” multfilmi bolalar ruhiyatiga salbiy ta`sir qiluvchi eng zararli multfilmlar ro`yxatiga boshchilik qildi. Mazkur reyting rossiyalik ruhshunoslar tomonidan tuzildi.
Multfilmning bosh qahramoni Mashaning harxashalari, injiqliklari, yomon odatlari, mutaxassislarning fikricha bolaning tarbiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin — bola bunday harakatlarni odatiy holday qabul qiladi.
Amerikaning “Monstr Xay” multiki reytingda ikkinchi pog`onani egalladi. Ruhshunoslar multfilm qahramonlarining ko`cha tilida gaplashishlari bolaning so`z boyligini buzishi mumkin degan fikrda.
Uchinchi o`rin “Gubka Bob to`rtburchak ishtonga” nasib qildi. Olimlarning fikrlaricha multfilm bosh qahramoni juda hudbin va doim katta yoshdagilarni tanqid qiladi.
Ma`lumotlarga ko`ra “Qizaloq va maymoq” multfilmi Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, shuningdek Sharqiy mamlakatlarda ham juda mashhur.
“Qizaloq va maymoq” multfilmi 2009 yildan namoyish etiladi.