O‘zbekiston Respublikasi IIV-DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxslar aniqlandi.
Guruhga 2007 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan K.I. boshchilik qilgan. Uning internet tarmog‘ida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushishi natijasida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy “jamoat” bo‘lib yig‘ilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilish rejalashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
"Loqaydlik va ishonuvchanlik oqibatida, internet tarmog‘i orqali yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik uchun fuqarolarimizni doimo ogoh bo‘lishiga chaqiramiz. O‘zingizning taqdiringizga befarq bo‘lmang", deyiladi IIBB xabarida.