O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining virtual qabulxonasi (fa-vq.uz) ochildi. Endi turli dolzarb masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bilan to`g`ridan-to`g`ri Akademiya prezidentiga murojaat qilish mumkin.
Bunda murojaatni ikki usulda – (0 371) 233 59 86 raqamiga qo`ng`iroq qilib yoki fa-vq.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini to`ldirib yuborish mumkin. Sayt orqali onlayn murojaat yuborish shakli hamma uchun tushunarli va sodda tuzilgan. Saytda murojaat natijasini (javob berilgan-berilmaganini) tekshirish mumkin. Onlayn murojaatlarda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.
Fanlar akademiyasi, uning tizimidagi muassasa va tashkilot rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun shaxsiy qabullar tashkil etmoqda. Bundan tashqari, murojaatlar academy@academy.uz elektron pochta manzili orqali ham qabul qilinmoqda.
Bularning barchasi O`zbekiston Fanlar akademiyasi tizimida murojaatlar bilan ishlash sifatini tubdan yaxshilash, muammolarga o`z vaqtida echim topishda muhim omil bo`ladi.





