7 dekabr kuni “O`zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O`zbekiston Konstitusiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san`at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.
O`zbekistonning yangi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoev tantanali yig`ilishda ma`ruza qilar ekan, kirib kelayotgan yangi — 2017 yilni O`zbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e`lon qilishni taklif etdi.
Prezidentning ushbu taklifi yig`ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.





