AsosiyDunyo

Rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni Rossiya maktablariga qabul qilish taqiqlanadi

Rossiya davlat dumasi rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni rus maktablariga kiritishni taqiqlovchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

'Rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni Rossiya maktablariga qabul qilish taqiqlanadi'ning rasmi

Qonun qabul qilinsa, kelasi yilning aprel oyidan kuchga kiradi. 

Tashabbus nimaga qaratilgan?

"Maktabga kelgan migrant bolalarning 41 foizi rus tilini bilmaydi yoki yaxshi bilmaydi. Bu butun sinfning ta’limini falaj qilish uchun yetarli", deydi Davlat Dumasi spikeri. 

Tashabbusga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlari umumta’lim muassasalariga o‘qishga kirganlarida rus tilini bilish darajasini aniqlash uchun test sinovlari majburiy bo‘ladi.

Aniqlik kiritilishicha, agar test sinovi muvaffaqiyasiz yakunlansa, ro‘yxatga olish taqiqlanadi. 

Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinning so‘zlariga ko‘ra, saylovchilar Davlat Dumasidan migrant bolalarni o‘qitish mavzusida qonun qabul qilishni so‘ramoqda va deputatlar bunday iltimosni e’tiborsiz qoldira olmaydi.

Ma’lum qilishicha, o‘tgan o‘quv yilida 200 mingdan ortiq migrant bolalar Rossiya maktablarida tahsil olgan (jami 18 million o‘quvchi bo‘lgan). 

"O‘qituvchilarning ta’kidlashicha, tashrif buyuruvchilarning bolalari "ko‘pincha ta’lim dasturini o‘zlashtirishda, tengdoshlari va o‘qituvchilari bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi", dedi Davlat Dumasi raisi. 

Shuningdek, u muhojirlar farzandlarining rus tilini bilish darajasining pastligi yoki uning yo‘qligi bolaning o‘zi uchun stress, sinfdoshlari uchun muammo tug‘dirishini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar