AsosiyDunyo

Yevropa Ittifoqi Tojikistonning 3 bankini "qora ro‘yxat"dan chiqardi

Ушбу банклар Россияга қарши санкцияларни четлаб ўтишга кўмаклашганликда айбланган эди.

'Yevropa Ittifoqi Tojikistonning 3 bankini "qora ro‘yxat"dan chiqardi'ning rasmi

Yevropa Ittifoqi Tojikistonning uchta "Spitamen Bank", "Dushanbe City Bank" va "Kommersbank Tojikistana" banklarini "qora ro‘yxat"dan chiqardi.

Avvalroq ushbu banklar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga ko‘maklashganlikda ayblangan edi. Qaror Tojikiston va Yevropa hamkorlari o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng qabul qilingan.

Tojikiston Milliy bankiga ko‘ra, bu qadam mamlakat bank tizimi rivojiga turtki beradi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi qarori vazirliklar va banklar bilan munosabatlar yaxshilangani natijasi sifatida baholangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu banklar Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketi doirasida ro‘yxatga kiritilgan edi. Ular Rossiya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy operatsiyalarda ishtirok etganlikda gumon qilingan.

23 aprel kuni esa Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini tasdiqladi. Unda portlar, o‘nlab tankerlar, kriptovalyuta platformalari hamda Rossiya harbiy sanoatiga aloqador shaxs va kompaniyalar ham qamrab olingan.

    Boshqa yangiliklar