AsosiyDunyo

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi 27 dekabrda prezident Yunga impichment bo‘yicha sud jarayonini boshlaydi

Sud jarayonlari omma uchun ochiq bo‘ladi.

'Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi 27 dekabrda prezident Yunga impichment bo‘yicha sud jarayonini boshlaydi'ning rasmi

Konstitutsiyaviy sud dushanba kuni prezident Yun Suk Yolga parlament impichmenti e’lon qilish bo‘yicha birinchi tayyorgarlik tinglovini 27 dekabr kuni o‘tkazishini ma’lum qildi. Bu tinglov prezidentga qarshi impichment bo‘yicha sud jarayonini boshlab beradi. 

Ma’lumki, 14 dekabr kuni Koreya Milliy assambleyasi 3 dekabrda qisqa muddatli harbiy holat joriy etgani uchun prezident Yunga qarshi impichment e’lon qilish haqida talabnomani qabul qildi va prezident vakolatlarini to‘xtatib, uning keyingi taqdiri bo‘yicha qarorni Konstitutsiyaviy sudga topshirdi.

Tayyorgalik tinglovchi, shuningdek, keyingi sud jarayonlari omma uchun ochiq bo‘ladi. Prezident odatda sud majlislarida qatnashishi shart bo‘lsa-da, u 27 dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan birinchi sud majlisida qatnashishi shart emas.

Sud Yunning impichmenti bo‘yicha sud jarayoniga ustuvor ahamiyat berishini aytdi.
Konstitutsiyaviy sud 180 kun ichida impichmentni qo‘llab-quvvatlash va Yunni lavozimidan chetlashtirish yoki uni qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin.

Sud elektron qur’a orqali ish bo‘yicha bosh sudyani tayinladi, biroq bu tayinlov sir saqlashini va bu "sudlar qarori" ekanligini aytdi.

Asosan, sud konstitutsiyaviy sud jarayonlarida raislik qiluvchi sudyani oshkor qilmaydi. Faqat 2016 yilda sobiq prezident Pak Kin Xega nisbatan impichment bo‘yicha sud jarayonida bosh sudya ism-sharifining oshkor etilishi istisno bo‘lgan.

Parlament ma’qullaganidan keyin, prezident vazifasini bajaruvchi va bosh vazir Xan Dak Su sudyalarni rasman tayinlaydi. Milliy assambleya yil oxirigacha lavozimlarni egallash jarayonini yakunlashni rejalashtirayotganini aytdi.

Sud tayyorgarlikni tugatgandan so‘ng, impichment bo‘yicha tinglovlar ommaviy tarzda o‘tkaziladi.
Agar u tasdiqlansa, Yun 2017 yilda sobiq prezident Pak Kin Xedan keyin hokimiyatdan chetlatilgan ikkinchi prezidentga aylanadi va bu 60 kun ichida navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini taqozo qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yaponiyada keksa ayollar ataylab qamoqqa tushishga urinmoqda'ning rasmi

    Dunyo 21.01.2025 18:29

    Yaponiyada keksa ayollar ataylab qamoqqa tushishga urinmoqda

    Keksa va yolg‘iz ayollar qashshoqlikdan qutulish uchun ataylab mayda jinoyat sodir etib, qamoqxonaga tushishga urinmoqda.

    'Isroilga qurol yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanadi'ning rasmi

    Dunyo 21.01.2025 18:08

    Isroilga qurol yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanadi

    Falastinliklarga hujum qilgan Isroil fuqarolari avf etiladi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.01.2025 18:00

    'Xitoylik ayol mushugi sabab ishdan bo‘shatildi'ning rasmi

    Dunyo 21.01.2025 17:55

    Xitoylik ayol mushugi sabab ishdan bo‘shatildi

    Mushugi uning nomidan kompaniyaga xat yuborgan.

    'Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 21.01.2025 14:29

    Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi

    Yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan.

    '“Qora yanvar” voqealari yohud Ozarbayjonliklarning og‘riqlari'ning rasmi

    Dunyo 20.01.2025 21:23

    “Qora yanvar” voqealari yohud Ozarbayjonliklarning og‘riqlari

    1990 yil 19 yanvardan 20 yanvarga o‘tar kechasi soat 23:30 da Boku shahriga sobiq Sovet Ittifoqi qo‘shinlari tinch aholiga hujum qilib, yuzlab insonlarni qatl qilgan.