AsosiyDunyo

Kirk Duglas o`zining 100 yoshini nishonlaydi

“Gollivudning oltin erasi” deb ataluvchi mashhurlar toifasiga mansub, amerikalik mashhur kinoaktyor Kirk Duglas o`zining 100 yoshini nishonlaydi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.  

U bir asrlik yubileyini o`zining Los-Anjelesdagi villasida nishonlashni rejalashtirgan. Kechani aktyorning o`g`li Maykl Duglas va uning rafiqasi Ketrin Zeta-Jonslar tashkillashtiradi va 200 nafar mehmon taklif etilishi ko`zda tutilgan. “Hozir men uchun eng asosiysi sog`-salomat bo`lish  va bayramda yaxshi ko`rinishda namoyon bo`lishdir”, dedi Kirk Duglas.

Kirk Duglas 1916 yilda AQShning Nyu-York shtatida kelib, asli kelib chiqishi rossiyalik bo`lgan kambag`al oilada dunyoga kelgan. U bolaligida muhojir sanalganligi tufayli juda og`ir hayotni boshdan kechirgan. Kirk Duglas ofisiant, gazeta tarqatuvchi, yuk tashuvchi va boshqa qora ishlarni bajaruvchi ishchi bo`lib ishlagan. U o`zini sahnada sinab ko`rish maqsadida Amerika drama san`ati akademiyasiga o`qishga kirgan va shundan keyin aktyorlik karerasi boshlangan.   

Kirk Duglas xayriya ishlarida faol ishtirok etadi. U o`zining 99 yoshini nishonlayotganda Alsgeymer kasalligiga chalingan qariyalar uchun 15 million dollarni hadya etgandi.

Boshqa yangiliklar