AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp NBC telekanalida ikki yillik tanaffusdan so`ng efirga uzatiladigan The Celebrity Apprentice realiti-shousida prodyuserlik qilaveradi. Mazkur realiti-shouda taniqli aktyor Arnold Shvarynegger boshlovchilik qiladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Tramp 2004 yildan boshlab ko`plab realiti-shoularga prodyuserlik qiladi. NBC telekanalida namoyish etilgan va Tramp boshlovchilik qilgan “O`quvchi” realiti-shousi baland reytingga ega bo`lgan va uch marotaba Emmy mukofotiga da`vogarlik qilgan. Milliarder bir necha yillar mobaynida The Celebrity Apprentice realiti shousiga boshlovchilik qilgan.
Trampning ismi-sharifi dastur muallifi Mark Byornettning ismidan so`ng ekranda paydo bo`ladi. Undan so`ng esa shouning ijrochi prodyuseri va boshlovchisi Arnold Shvarsnegger tanishtiriladi.