AsosiyJamiyat

Universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mansabdorlar 740 mln so‘mlik ish haqini talon-toroj qilgan.

'Universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaatga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati o‘rganilgan. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati rahbari xabar berdi.

O‘rganish natijasida filialning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 mln so‘mlik ish haqini ortiqcha to‘lab yuborib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar