AsosiySIYOSAT

Toshkentda xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Prezidentning ma'lum qilishicha, markaz hududida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega mustaqil moliyaviy regulyator ham faoliyat yuritadi.

'Toshkentda xalqaro moliya markazi tashkil etiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida investorlar huquqlarini ishonchli himoya qilish va mamlakatning sarmoyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etilishini ma'lum qildi.

Davlat rahbarining ta'kidlashicha, investorlar huquqlarini kuchli institutlar va xalqaro mexanizmlar orqali ta'minlash bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda joriy yilning mart oyidan mazkur markazni tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar boshlangan.

Qayd etilishicha, markazning huquqiy maqomi Konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlanadi. Uning ishtirokchilari uchun alohida soliq rejimi joriy qilinib, foyda solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, mol-mulk solig'i hamda bojxona bojlari nol foiz etib belgilanadi.

Shuningdek, kapitalning erkin harakati va istalgan valyutada hisob-kitob qilish imkoniyati kafolatlanadi. Markaz hududida moliyaviy texnologiyalar, raqamli aktivlar hamda "yashil" moliya yo'nalishlarini rivojlantirish uchun zamonaviy infratuzilma yaratiladi.

Prezidentning ma'lum qilishicha, markaz hududida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega mustaqil moliyaviy regulyator ham faoliyat yuritadi.

Bundan tashqari, Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqi tamoyillariga asoslangan maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. Shuningdek, nufuzli xorijiy sudyalar va xalqaro ekspertlar ishtirokida mustaqil Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil qilinadi.

Ayni paytda investitsiyaviy mediatsiya institutini rivojlantirish choralari ham ko'rilmoqda. Shu munosabat bilan O'zbekiston BMTning Meditatsiya to'g'risidagi Singapur konvensiyasiga qo'shilish niyatida.

Davlat rahbarining ta'kidlashicha, mazkur choralar natijasida investorlar O'zbekiston hududining o'zida xalqaro standartlarga mos huquqiy himoya mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Dastlabki bosqichda markaz ishtirokchilari uchun joriy etilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari hamda maxsus huquqiy rejimning amal qilish muddati 50 yil etib belgilanadi.

Prezident mahalliy va xorijiy investorlarni mamlakatda yaratilayotgan yangi imkoniyatlar va shakllanayotgan moliyaviy ekotizimdan samarali foydalanishga chaqirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 04:46

    Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti bilan uchrashdi

    Uchrashuvda amerikalik hamkorlarning O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqishi ham alohida qayd etildi.

    'Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 02:41

    Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashdi

    Uchrashuvda Malayziyaning “Petronas” korporatsiyasi delegatsiyasi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

    'Mirziyoyev “Air Products” bosh direktori bilan yangi loyihalarni muhokama qildi'ning rasmi

    SIYOSAT 16.06.2026 13:04

    Mirziyoyev “Air Products” bosh direktori bilan yangi loyihalarni muhokama qildi

    Uchrashuvda mamlakatda yuqori texnologiyali sanoat korxonalarini barpo etishga faol investitsiya kiritayotgan kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    'O'zbekiston va Albaniya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda'ning rasmi

    SIYOSAT 16.06.2026 08:36

    O'zbekiston va Albaniya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda

    Uchrashuvda ikki mamalakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi yoʻnalishlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    ''ning rasmi

    SIYOSAT 15.06.2026 08:54

    'Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

    SIYOSAT 14.06.2026 08:39

    Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi

    Prezident Donald Trampga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va davlatchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar, Amerika xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilab qolgan.