AsosiyJamiyat

16 yoshli bola Lacetti avtomobilda Kia bilan toʻqnashdi

Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

'16 yoshli bola Lacetti avtomobilda Kia bilan toʻqnashdi'ning rasmi

Toshkent shahrida 16 yoshli bola Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotganida Kia rusumli mashina bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida 2 kishi jarohat oldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 03:30 atrofida Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasida joylashgan “Ganga” ko‘prigi ustida 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs Lacetti avtomobilini boshqarib ketayotganida rul ustidan nazoratni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Oqibatda u 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Kia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti avtomobil haydovchisi va uning 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda Toshkent shahar IIB YXHB mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar