Prezident muzeyga tashrif buyurib, yangi ekspozitsiyalar, raqamlashtirilgan xizmatlar va sun’iy intellekt asosidagi interaktiv ko‘rgazmalar bilan tanishdi.
Yangilangan majmuada xorijiy kollektsiyalardan xarid qilingan eksponatlar, 3D formatdagi namoyishlar hamda temuriylar davriga oid xaritalar joylashtirilgan.
Davlat rahbari ajdodlar merosini o‘rganish va uni yoshlar hamda xorijiy mehmonlarga keng targ‘ib etish muhimligini ta’kidladi.






