Kecha, 6 yanvar kuni o‘tkazilgan maxsus majlisda AQSH Senati va Vakillar palatasi a’zolari Respublikachilar oartiyasidan nomzod Donald Trampning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini tasdiqladi.
Trampning g‘alabasini prezidentlik saylovlaridagi raqibi, amaldagi vise-prezident Kamala Harris e’lon qildi. U Kongressning har ikki palatasi qo‘shma yig‘ilishida raislik qildi.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda Tramp 312 ta ovoz olgan, Harris esa 226 ta ovoz to‘plagan.