AsosiyDunyo

“Yunning hibsga olinishi demokratiyani tiklash yo‘lidagi “birinchi qadam” — Janubiy Koreya partiya yetakchisi

Prezident Yun Sok Yol ikkinchi urinishda hibsga olindi.

'“Yunning hibsga olinishi demokratiyani tiklash yo‘lidagi “birinchi qadam” — Janubiy Koreya partiya yetakchisi'ning rasmi

Janubiy Koreya Depokratik partiyasi yetakchisi prezident Yunning hibsga olinishini demokratiyani tiklash yo‘lidagi “birinchi qadam” deb atadi

Janubiy Koreyadagi asosiy muxolifat - Demokratik partiya yetakchisi chorshanba kuni prezident Yun Suk Yolning tergovchilar tomonidan hibsga olinishi mamlakat konstitutsiyaviy tuzumi va demokratiyani tiklash yo‘lidagi “birinchi qadam” ekanligini aytdi. Koreya Respublikasining Yonhap yangiliklar agentligi shu haqda ma’lum qilgan.

"(Bu) konstitutsiyaviy tuzum va demokratiyani tiklash va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi birinchi qadamdir", degan deputat Pak Chan Day partiya qonunchilari yig‘ilishida. Deputat Yunni 3 dekabr kuni harbiy holat e’lon qilishi orqali konstitutsiya va qonunlarni buzganlikda ayblab, uni “jiddiy jinoyatchi” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni tergovchilar tomonidan ikkinchi urinishda hibsga olindi. Prezident qarorgohidagi ko‘p soatlik qarshiliklardan so‘ng tergovchilar bu safar Yunni Korrupsiya bo‘yicha tergov byurosi binosiga olib kelishning uddasidan chiqishdi. Tergovchilarning Prezidentni hisbga olish bo‘yicha birinchi urinishi yanvar oyi boshida muvaffaqiyatsiz kechgan edi.

Avvalroq Yun Sok Yol qisqa videomurojaat tarqatgan, unda uni hibsga olish noqonuniy ekanligiga ishonishini, ammo qon to‘kilishini oldini olish uchun tergovchilar va politsiyaga bo‘ysunishga qaror qilganini ma’lum qilgan.

Dekabr oyi boshida Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat joriy etishga urinib ko‘rdi, shundan so‘ng parlament uni isyonga urinishda ayblab, impichment e’lon qildi.

Yun parlament unga impichment e’lon qilish uchun ovoz bergan 14 dekabrdan beri prezidentlik vakolatlaridan mahrum etilgan. Biroq uni lavozimidan chetlashtirishdan oldin impichment Konstitutsiyaviy sud tomonidan tasdiqlanishi kerak. Sud qaror qabul qilmagunicha, Yun Sok-Yol rasman prezident bo‘lib qolaveradi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar