1

Hammasi asabdan! Asabiylikning oqibatlari bilan tanishing!

Salomatlik 09.12.2016, 15:58
Teglar: Salomatlik
Hammasi asabdan! Asabiylikning oqibatlari bilan tanishing!

Organizmimizdagi o`zgarishlarga o`zimiz sababchimiz, desam ishonasizmi? Aslida ham shunday ekan-da. Ayniqsa, asabiylik oqibatida nafaqat turli xastaliklar balki umrimizni ham qisqartiramiz, deydi ruhshunoslar.

«Voy-voy boshim...»

Tez-tez boshingiz og`rishi asabiylik va uning oqibatida kelib chiqadigan havotir, hadik xissidan bo`ladi. Fahmlaganingizdek, bsh og`riqlarining chorasi tinchlanish va har bir voqea-hodisani ko`ngilga yaqin olmaslikdir.

«Ko`zim qizarib ketdi...»

Atrofingizdagi hodisalarga ta`sirchanligingiz tufayli asabiylashasiz. Bu esa ko`z nurining xiralashishi hamda shu a`zo bilan bog`liq boshqa bezovtaliklarni keltirib chiqaradi. Tushunganingizdek, ko`zlaringizni asrash uchun salgina beparvo bo`lishni o`rganishingiz kerak.

«Quloqqinam og`ridi-ya...»

Suhbatdoshingizni tinglashni bilmaysiz. Bu haqida o`zingizga aytishganida esa jaxlingiz chiqadi. Quloq og`rig`ingizning boisi ham shu. Muammoning echimini bildingiz-a?!

«Tumovdan bezor bo`ldim...»

Fikrlaringizni to`g`ri ifoda etolmaysiz. Sizni noto`g`ri tushunishganida esa xafa bo`lib, o`z qobig`ingizga o`ralib olasiz. Mudom atrofdagilardan arazlash, bo`lib o`tgan voqealardan gina qilish nafas yo`li, xususan burunga zarar ekan. Bu hodisani ilmiy asoslab bersak uzoq tushuntirishga to`g`ri keladi. Shu bois qisqagina qilib, ginachiligingizni yig`ishtiring va tumovdan halos bo`lasiz deymiz.

«Tomog`i-i-i-m...»

Odamlar men haqimda qanday fikrda ekanlar, deya hamisha turli xayollarga berilasiz, xatti-harakatlaringizni nazorat qilish bilan bandsiz. Bordiyu kimdir sizga tanbeh bersa, haqligingizni isbotlashdan cho`chiysiz. Ya`ni gapirolmaysiz. Shunga ham tomog`ingiz tez-tez og`rib turadi. Bu albatta ruhiyat va tana salomatligining bir-biriga bog`liqligi. Ishonish , ishonmaslik esa o`zingizga bog`liq.

«Qorin dam bo`lishi»

E`tibor bergan bo`lsangiz kishi xayajonlanganida qorin sohasida allaqanday tushunarsiz xodisa ro`y beradi. Asabiylashganimizda esa qorinda og`riq yoki gaz to`planishi sodir bo`ladi. Aniqlanishicha, asab tolalari qo`zg`alib ana shunday o`zgarishlarga sabab bo`larkan. 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1