Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari “The Last of Us” serialidagi voqealar hayotda ham sodir bo‘lishi mumkin, degan gaplar ko‘pchilikni tashvishga solmoqda.
Bunga yong‘in tufayli zamburug‘lar tabiiy yashash joylaridan tashqariga yoyishilishi sabab bo‘lmoqda.
Shu bois, olimlar zararli zamburug‘lar odamlarga yuqishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi.
Zamburug‘ sporalari issiqlikka tez moslashadi, ya’ni, ular inson tanasida omon qolib o‘pka, miya va qonda rivojlanishi mumkin.
"Natijada insonlar zombiga aylanib qoladi, demaymizu, lekin zamburug‘lar sabab yangi pandemiya boshlanishi ham mumkin"- deyiladi xabarda.