AsosiyJamiyat

Dubayning ilg‘or yechimlari Yangi Toshkentga joriy etilishi mumkin

O‘zbekiston Prezidenti BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri bilan uchrashdi.

'Dubayning ilg‘or yechimlari Yangi Toshkentga joriy etilishi mumkin'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 15 yanvar kuni Dubay shahrida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda bugun bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar samarali bo‘lgani hamda O‘zbekiston-BAA munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘targani yuqori baholandi.

Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash kabi sohalarda faol muloqotlar va samarali hamkorlik olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.

BAAdagi sheriklar bilan O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.

Dubayning ilg‘or yechimlarini shaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani yaratish doirasida joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar faol muloqotni davom ettirish va amaliy sheriklikning barcha yo‘nalishlarida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda qurilishi bitmagan bino yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:46

    Toshkentda qurilishi bitmagan bino yonib ketdi

    Hozirda yong‘inning sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

    'Nega bir guruh o‘qituvchilar MMTVni sudga berdi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    Nega bir guruh o‘qituvchilar MMTVni sudga berdi?

    Pedagoglar attestatsiyada tushgan test savollaridan norozi ekanligini bildirgan.

    'Toshkent viloyatida xonadon yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:43

    Toshkent viloyatida xonadon yonib ketdi

    Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

    '“Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 19:27

    “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berildi

    “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida sog‘lom va korrupsiyasiz ish muhitini shakllantirish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida ushbu dasturni yo‘lga qo‘ydi.

    'Xususiy OTMlarga litsenziya berish shartlari belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 18:38

    Xususiy OTMlarga litsenziya berish shartlari belgilandi

    Yangi talablarga ko‘ra, OTMning ta’lim jarayoniga mo‘ljallangan binolari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

    'O‘zbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 14:23

    O‘zbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda

    Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar tanlov yo‘li bilan qabul qilinadi.