AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari qoʻshma loyihalarni ishga tushirdi

26 mart kuni Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishidan so‘ng yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

'Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari qoʻshma loyihalarni ishga tushirdi'ning rasmi

Davlat rahbarlari jami 10 ta qo‘shma loyihani boshlab berdi. Ular doirasida Tojikistonda mebel va charm mahsulotlari ishlab chiqarish, maishiy texnika va to‘qimachilik korxonalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Toshkentda turar joy majmualari va savdo ob’yektlari qurilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatida konserva mahsulotlari, Andijon viloyatida sut mahsulotlari hamda Surxondaryo viloyatida meva sharbatlari va metall briketlar ishlab chiqarish quvvatlari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Yangi Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Dushanbe shahri nomi berildi.

Yetakchilar mazkur loyihalar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar