AsosiyJamiyat

Toshkentda bir qator ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olib, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.

'Toshkentda bir qator ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi'ning rasmi

Toshkentda duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda “International Tashkent Marathon – 2026” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi.

28 mart (08:00 – 12:00): — Yangi O‘zbekiston ko‘chasi: CAU universiteti oldidan Parkent avtomagistraligacha.

3 aprel (16:00) – 5 aprel (14:00): — Afrosiyob ko‘chasi: Islom Karimov ko‘chasidan Beshog‘och ko‘chasigacha.

5 aprel (02:00 – 13:00): — Beshog‘och ko‘chasi: Furqat ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;

— Afrosiyob ko‘chasi: Islom Karimov ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;

— Sharof Rashidov ko‘chasi: Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;

— Afrosiyob ko‘chasi: Sharof Rashidov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;

— Shahrisabz ko‘chasi: Afrosiyob ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha;

— Oybek ko‘chasi: Shahrisabz ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;

— Nukus ko‘chasi: Oybek ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha;

— Abdulla Qodiriy ko‘chasi: Istiqlol ko‘chasidan Abay ko‘chasigacha.

    Boshqa yangiliklar