AsosiyBU QIZIQ

Bugun Yerda kuchli magnit bo'roni kuzatilishi mumkin

Quyoshda sodir bo‘lgan kuchli X sinfidagi chaqnashlar natijasida hosil bo‘lgan plazma oqimi Yer ionosferasiga yetib kelishi kutilmoqda.

'Bugun Yerda kuchli magnit bo'roni kuzatilishi mumkin'ning rasmi

Bugun, 4 iyun kuni Yerda kuchli magnit bo‘roni kuzatilishi ehtimoli bor. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Quyoshda sodir bo‘lgan kuchli X sinfidagi chaqnashlar natijasida hosil bo‘lgan plazma oqimi Yer ionosferasiga yetib kelishi kutilmoqda. Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, geomagnit faollik darajasi 6–7 ballgacha ko‘tarilishi mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, plazma oqimining Yer magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siri ba’zi insonlarda salomatlik bilan bog‘liq noqulayliklarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Xususan, uyqu sifati yomonlashishi, tez charchash holatlari hamda yurak urishi ritmida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.

Shu munosabat bilan mutaxassislar aholiga salomatligiga e’tiborli bo‘lishni, imkoni boricha ortiqcha jismoniy zo‘riqishlardan va kuchli ruhiy bosimdan saqlanishni tavsiya qilmoqda.

Ma’lumot uchun, magnit bo‘ronlari Quyoshdagi yuqori faollik oqibatida yuzaga keladigan geomagnit hodisa bo‘lib, ular aloqa tizimlari, navigatsiya vositalari hamda ayrim insonlarning umumiy holatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar