Yunusobod tumanidagi Niyozbek yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan hodisada 27 yoshli erkak o‘zining sobiq rafiqasi va uning hamrohlari bilan janjallashib qolgan. Shundan so‘ng u Tracker rusumli avtomashinasini ularning ustiga haydab, qasddan urib yuborgan.
Oqibatda 25 yoshli ayol va yana bir shaxs yengil turdagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, barcha ishtirokchilar shaxsi aniqlanib, tuman ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan. Hozirda holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mazkur holat O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.






