AsosiyDunyo

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 47 ming kishiga yaqinlashdi

So‘nggi 24 soat ichida Isroil hujumlari tufayli 81 falastinlik halok bo‘lgan, yana 188 nafari yaralangan.

'G‘azoda halok bo‘lganlar soni 47 ming kishiga yaqinlashdi'ning rasmi

G‘azo sektorida Isroil qo‘shinlari bilan to‘qnashuv oqbatida qurbon bo‘lgan falastinliklar soni 46 ming 788 nafarga yetdi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga tayanib, IRNA xabar berdi.

So‘nggi 24 soat ichida Isroil hujumlari tufayli 81 falastinlik halok bo‘ldi, yana 188 nafari yaralandi. 2023 yil 7 oktyabrdagi jangovar harakatlar boshlanganidan buyon jami qurbonlar soni 46 ming 788 kishini, yaradorlar soni esa 110 ming 453 nafarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, G‘azo fuqarolik mudofaasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 16 yanvar kuni kechqurun sulh e’lon qilinganidan beri yana 77 nafar falastinlik, jumladan, 21 bola va 25 ayol halok bo‘lgan. Davom etayotgan hujumlarda 250 dan ortiq kishi jiddiy jarohat olgan. Yuqorida ko‘rsatilgan sonlar yana oshgan ham bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Qatar Bosh vaziri Muhammad bin Abdul Rahmon Ol Soniy Falastin va Isroil tomonlari o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Sulh 19 yanvardan kuchga kirishi kutilmoqda va kelishuv doirasida HAMAS falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga 33 nafar isroillik garovdan ozod qilishga rozi bo‘ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Pit Hegset: Eronning yangi Oliy rahnamosi mayib bo'lgan'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 14:40

    Pit Hegset: Eronning yangi Oliy rahnamosi mayib bo'lgan

    Hegsetning so‘zlariga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiy omma oldida ko‘rinish bermaydi va uning yuz qiyofasi shikastlangan.

    'Eron elchisi Turkiyaga uchirilgan raketalar bo‘yicha izoh berdi'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 14:29

    Eron elchisi Turkiyaga uchirilgan raketalar bo‘yicha izoh berdi

    Elchi ta'kidladiki, Eron va Turkiya do'st va qardosh davlat sifatida tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga intiladi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 12:26

    'Ali Xomanaiyning bevasi tirik ekani tasdiqlandi'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 08:07

    Ali Xomanaiyning bevasi tirik ekani tasdiqlandi

    Uning vafot etgani haqidagi dastlabki xabarlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

    'Netanyahu Mujtaboni o‘ldirish bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 04:26

    Netanyahu Mujtaboni o‘ldirish bilan tahdid qildi

    Эронга қарши уруш бошланганидан буён илк бор матбуот анжумани ўтказди.

    'Isroilning zarbalari oqibatida Bayrutda sakkiz kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2026 12:38

    Isroilning zarbalari oqibatida Bayrutda sakkiz kishi halok bo‘ldi

    Isroilning usbu hujumi sui-qasd sifatida baholanmoqda.