AsosiySalomatlik

Uyquni engishning 7 usuli

  • Kechqurun 7-8 soat uxlashga odatlaning. Shunda kunduzi holsizlik kuzatilmaydi.
  • Televizor tomosha qilganda, kompyuterda ishlaganda yoki gazeta o`qiyotganingizda o`tirgan holatda bo`ling. Yostiqqa suyanish yoki karavotga yotgan ko`yi biror mashg`ulot bilan band bo`lish tavsiya etilmaydi.
  • Kun bo`yi uyqusrab yuradiganlar har kun bir vaqtda uxlashga odatlanishlari lozim.
  • Uyqu bilan bog`liq muammolar bezovta qilganda kechki ovqatdan so`ng qahva ichish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, meva sharbatlari va muzqaymoq ham. Bo`lmasa, ertasiga turli muammolar yuzaga kelishi mumkin.
  • Har qanday jismoniy mashqlarni uxlashdan 2 soat oldin bajarish kerak. Uyqu oldidan hatto engil mashqlar ham tavsiya etilmaydi. Aks holda organizmdagi almashinuv jarayonlari faollashib, uyqusizlikni keltirib chiqaradi.
  • Ertalab kontrast dush qabul qiling. Avval iliq, keyin sovuqroq suvda cho`milish organizm tonusini oshiradi va tetiklik ulashadi.
  • Biroz mudrab olay degan so`zni unuting. Toliqqan organizmingiz uyqu holatiga kirib olgach, istaysizmi-yo`qmi, undan voz kechishni istamaydi. Qarabsizki, kunduzi 10-15 daqiqalik uyqu lanjlik bilan davom etadi. 

Boshqa yangiliklar